TATU Qarshi filiali

2 06 2013
Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Qarshi Filiali direktori

Turg`unov Odilbеk Muxtorovich 1961 yil 26 mayda tavallud topgan. 1984 yil, Toshkеnt Politеxnika  institutini tamomlagan.  Tеxnika fanlari nomzodi, dotsеnt.

Toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеti Qarshi filiali ilmiy va moliyaviy ishlar bo`yicha dirеktor o`rinbosari

Murodov Muslum Omar O`g`li  1950 yil 5 dekabrda Andijon viloyati tavallud topgan. 1973 yili Qarshi davlat pеdagogika institutini tamomlagan.  Tеxnika fanlari nomzodi, dotsеnt.

O’quv ishlari va ilmiy tadqiqot ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari

Axborot texnologiyalari fakulteti dekani

Hamrayev Axror Yusupovich 1972 yil . 1 iyulda Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanida tavallud topgan. 1994 yil Samarqand Davlat universitetini tamomlagan.Fizika-matеmatika fanlari nomzodi

 

5521900 –Informatika va axborot texnologiyalari ta‘lim yo`nalishi

Ta‘lim yo`nalishining ilm-fan va xizmatlar sohasidagi o`rni

5521900 –Informatika va axborot texnologiyalari ta‘lim yo`nalishi bo`lib – u axborotni qayta ishlash, ko`p qirrali jarayonlariga xizmat ko`rsatish, kompyuter va kompyuter tizimlari hamda ularning dasturiy tizimlari bo`yicha tadqiqotlar olib borish, tarmoq kompyuter texnologiyalari va telekommunikatsion infrastrukturalarini yaratish vositalari va usullarini o`z ichiga oladi.

5140900 – Kasb ta‘limi (informatika va axborot texnologiyalari) ta‘lim yo`nalishi

Ta‘lim yo`nalishning ilm-fan va xizmatlar sohasidagi o`rni.       5140900 – Kasb ta‘limi (informatika va axborot texnologiyalari) ta‘lim yo`nalishi –  informatika va axborot texnologiyaning kasbiy ta‘lim sohasidagi yo`nalishi bo`lib, u o`z ichiga pedagogik faoliyat jarayoni uchun zarur bo`ladigan axborot texnologiyalar o`quv fanlari mujassamligi, vositalari, usullari, qo`llanmalari, yuqori madaniyat va shaxsni axloqiy tarbiyalash mezonlariga oid bilimlar majmuini qamrab oladi.

5811200 – Servis (axborot servisi) ta‘lim yo`nalishi

5811200 – Servis (axborot servisi) ta‘lim yo`nalishning umumiy tavsifi

Ta‘lim yo`nalishining ilm-fan va xizmatlar sohasidagi o`rni

5811200 – Servis (axborot servisi) ta‘lim yo`nalishi – fan va xizmat ko`rsatish sohasidagi yo`nalish bo`lib, u axborot servisi sohasini rivojlantirishga, istiqbolini belgilashga, kasbiy ko`nikmaga, mutasaddilik kobiliyatiga yo`naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini o`z ichiga oladi.

5522200 – Telekommunikatsiya ta‘lim yo`nalishi

5522200 – Telekommunikatsiya ta‘lim yo`nalishi bo`yicha bakalavr kasbiy faoliyati sohalari va ob‘ektlarining tavsifi   Ta‘lim yo`nalishining ilm-fan va xizmatlar sohasidagi o`rni 5522200 – Telekommunikatsiya – fan va texnika soxasidagi yo`nalishi bo`lib, u o`z ichiga masofada axborot almashinishga mo`ljallangan usullar, metodlar va vositalar majmuini  olgan  fan va texnika sohasi istiqbolini belgilashga, kasbiy ko`nikmaga, mutasaddilik kobiliyati yo`naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini o`z ichiga oladi.

Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Qarshi filiali

 

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil  2 iyundagi PQ -91-son «Axborot texnologiyalari sohasida  kadrlar  tayyorlash tizimini takomillashtirish to`risida»gi  qarori  va  O`zbekiston Respublikasi  Oliy va O`rta maxsus  ta`lim vazirligining 2005 yil 14 iyun’ 130-son   «Oliy ta`lim muassasalari filiallari to`g’risidagi namunaviy Nizomni tasdiqlash to`g’risida»gi  buyrug’i  hamda O`zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2005 yil 21 iyul’ 07-8/2015 – son taqdimnomasini amalga oshirish maqsadida qarshi shahrida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali tashkil etildi.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida 550 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. Talabalarning mustaqil ishlashlari, ijodiy ishlar olib borishlari uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlar yaratilgan. Bundan tashqari Axborot resurs markazi va o`quv zallari ham talabalar ihtiyorida. Filialda 4 ta fan kafedrasi faoliyat ko’rsatmoqda, 6 ta kompyuter xonalari talabalar xizmatida.

Filialda qavatli talabalar turar joyi ham mavjud bo`lib, bu yerda barcha zamonaviy shart-sharoitlarga ega ma`naviyat xonasi, kutubxona va dam olish xonalari, shuningdek sportning ayrim turlari bilan shug’ullanish uchun trinajyor xonalari ajratilgan.

Filialda talabalar bilan turli ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar muntazam o’tkazib boriladi. Milliy bayramlar, Konstitutsiya kuni, Til bayrami, Xalqaro talabalar kuni, Vatan ximoyachilari kuni, Xalqaro xotin-qizlar kuni, Navro’z kabi bayram va mashxur sanalar maxsus tuzilgan ssenariylar asosida, tantanali tarzda nishonlanadi.

Talabalar respublika va xalqaro miqyosda o’tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanlarda faol ishtirok etadilar.

 



Qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti

2 06 2013

Qisqartama: QarMII

Sayt: www.qmii.uz


Manzil: Qarshi shahri, Mustakillik, 225 uy

Mansabi F.I.O. Telefon Email
Rektor Maxmudov Nazirilla Nasimxanovich (8 374) 222 05 09 agsu_info@edu.uz
Fakultetlar
 

Fakultet 1997 yilda fundamental va gumanitar fanlar fakulteti sifatida tashkil etilib, 2002 yilning aprel oyidan «Kasb ta’limi» deb nomlangan. Fakultetga 1997-1999 yillarda dotsent A.K.Tashatov, 2000-2011 yillarda dotsent B.Donayev, 2011 yildan 2013 yil yanvargacha dotsent H.A.Ravshanov, 2013 yil yanvardan boshlab dotsent Q. S. Jumanazarov rahbarlik qilmokda.
Fakultet 2010 yilda Texnologiya fakulteti bazasida institutdagi tarkibiy o’zgarishlardan so’ng “Sanoat texnologiyasi” deb qayta nomlandi. 1995 yildan Agrotexnologiya o’quv markazi, so’ngra 1997 yildan Texnologiya fakulteti bo’lib faoliyat ko’rsatdi.
«Energetika» fakulteti Qarshi muxandislik iqtisodiyot instituti ilmiy kengashining 2009 yil 28-noyabrdagi 2-sonli yig‘ilishi qaroriga asosan tashkil etilgan. Fakultet tarkibida 5520100-Issiklik energetikasi, 5520200 – Elektr energetikasi ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha bakalavrlar, 5A520104 – Issiklik elektr stansiyalari mutaxassisligi bо‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda. 2010 yil yanvar oyi holatida jami 645 nafar talaba bо‘lib, ularni 639 nafari bakalavriatda 6 nafari magistraturada ta’lim olishadi. Fakultet tarkibidagi «Issiqlik energetikasi», «Elektr energetikasi», «Fizika va mexanika» kafedralarida 43 nafar professor-о‘qituvchilar ilmiy-pedagogik faoliyat olib bormoqdalar. Ularning 2 nafari fan doktori, professor, 23 nafari fan nomzodi, dotsentlardir.
Iqtisodiyot fakul’teti Qarshi agrar iqtisodiyot instituti (hozirgi Qar MII) negizida 1992 yilda tashkil etilgan. Hozirgi kunda fakul’tetda 3 ta “Buxgalteriya hisobi va audit”, “Iqtisodiyot” va “Menejment” kafedralari faoliyat ko’rsatib, unda 4 nafar professor va fan doktorlari, 19 nafar dotsent va fan nomzodlari, 30 nafar katta oqituvchi va assistentlar talabalarga bilim berishmoqda.
Fakultet 1975 yildan boshlab faoliyat kо‘rsatib keladi. 1995 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xо‘jaligini mexaniza-siyalash injenerlari instituti va Toshkent politexnika institutining Qarshi filial-lari negizida Qarshi muhandislik iqtiso-diyot instituti tashkil etilgandan sо‘ng, avvalgi, “Qishloq xо‘jaligini mexaniza-siyalash”, “Gidromelioratsiya” va “Yer tuzish” fakultetlari birlashtirilib, “Agromuxan-dislik” fakulteti tashkil etildi. 2009 yil dekabr oyidan boshlab fakultet kengaytirilib “Qishloq va suv xо‘jaligi muxandisligi” nomi bilan yuritilgan.
Institut haqida
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 28 fevraldagi 

qarori bilan 1975 yildan faoliyat ko`rsatib kelgan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti Qarshi filiali negizida Qarshi agrar-iqtisodiyot instituti, 1995 yil 3 iyun qarori bilan Qarshi agrar-iqtisodiyot instituti va Toshkent Davlat texnika universiteti Qarshi filiali bazalarida Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti tashkil etilgan.

Ayni paytda institutda 6 ta fakultet (Iqtisodiyot, Sanoat texnologiyasi, Kasb-ta`limi, Neft va gaz, Energetika, Muhandis texnika,25 ta kafedra, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo`limi, «Malaka oshirish» markazi, «Axborotlar texnologiyalari» markazi, «Iqtidorli talabalar» markazi, institut qoshidagi 2 ta akademik-litsey faoliyat ko`rsatmoqda. 30 ta ta`lim yo`nalishlari bo`yicha 5217 nafar bakalavrlar, 4 ta mutaxassisliklar bo`yicha 100 dan ortiq magistrlar ta`lim olmoqda. Yoshlarga 306 nafar professor-o`qituvchilar ta`lim-tarbiya berishmoqda. Ularni 15 nafari fan doktori, professorlar, 125 nafari fan nomzodi, dotsentlardir. Institutning ilmiy salohiyati 56,3 % ni tashkil qiladi. Institut aspiranturasida uchta ilmiy yo`nalishlar bo`yicha yoshlar ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

 



Qarshi davlat universiteti

2 06 2013

Qisqartama: QarshiDU


Manzil: Qarshi shahar,ko‘chabog‘ ko‘cha, 17 uy

Sayt: www.kasu.uz/

Avtobuslar:  №6, №9, №18, №21

Mansabi F.I.O. Telefon Email
Rektor Normurodov M. T (8 374) 222 05 09 agsu_info@edu.uz
Prorektor Bobonazarov G‘appor Yodgorovich (8 374) 225-19-56 alievuz@yohoo.com
Prorektor Yoziyev Lutfullo Habibulloyevich (8 374) 222-30-62 agsu_info@edu.uz

 

FAKULTETLAR

  1. Fizika matematika
  2. Tabiatshunoslik va geografiya
  3. Filologiya
  4. Roman german filologiyasi
  5. Tarix
  6. Kasbiy ta`lim
  7. Jismoniy madaniyat
  8. Pedagogika psixologiya

UNIVERSITET HAQIDA

 

1945 yil 1 sentyabrda Buxoro birlashgan pedagogika va o`qituvchilar institutining Qarshi filiali sifatida faoliyat boshlagan mazkur filial,1949 yil27 oktyabrdaikki yillik o`qituvchilar tayyorlash institutiga, 1956 yil avgustidan Qarshi davlat pedagogika institutiga aylantirilgan. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 11 martdagi“O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 28 fevraldagi “Yangi oliy o`quv yurtlari tuzilishi haqida”gi Farmonini bajarilishi choralari haqida”gi 125 -sonli Qaroribilan Qarshi davlat universiteti maqomi berildi va ta‘lim muassasasidashu davr mobaynida mamlakatimiz iqtisodiyot soha va tarmoqlariuchun 58817 nafar, shundan 24876 nafar malakali kadrlar mustaqillik yillarida tayyorlandi.

“Ta‘lim to`g`risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta‘lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi. O`zbekiston Respublikasi demokratik, huquqiy va fuqarolik jamiyatini qurish yo`lidan borayotgan bir paytda ta‘lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi va harakatga keltiruvchi kuchi har tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyalashdan iboratdir.

Universitetda moddiy-texnik bazaning rivojlanishi, Davlat ta‘lim standartlarining takomillashtirilishi, reyting tizimining o`quv jarayoni asosini tashkil etishi, o`quv adabiyotlari va elektron axborot ta‘lim resurslari bilan ta‘minlanishning talab darajasida bo`lishi orqali – yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun mustahkam baza yaratilgan. Mustaqillik ruhini talabalar ongiga singdirish, ozodlik, vatanparvarlik kayfiyatini qaror toptirish-o`tilayotgan har bir darsning asosiy maqsadiga aylantirilgan va o`quv jarayoni ilg`or pedagogik texnologiyalar va  axborot  texnologiyalari asosida tashkil etilmoqda.
Universitetda 8 ta: Tarix, Filologiya, Xorijiy tillar , Pedagogika – psixologiya, Fizika – matematika, Tabiatshunoslik va geografiya, Kasbiy ta‘lim va Jismoniy madaniyat fakultetlari hamda 38 ta kafedrada 527 nafar professor-o`qituvchilar faoliyat ko`rsatadi. Ilmiy salohiyat 40,3 % tashkil etadi.
2012-2013 o`quv yilida 5291 nafar, shundan: bakalavriaturaning 31 ta ta‘lim yo`nalishlari bo`yicha – 5192 nafar, magistraturaning 8 ta mutaxassisligi bo`yicha – 99 nafar hamda 8 nafar KIXIIga tahsil olmoqda.
Universitet qoshida 4 ta akademik litsey faoliyat ko`rsatadi. Shu bilan bir qatorda “Axborot resurs markazi”, “Axborot texnologiyalari markazi”, “Noshirlik”, “Viloyat mintaqaviy til o`rganish”, “Nasaf va Kesh”, “Kurash”, “Sog`lomlashtirish”, “Tikuvchilik” markazlari mavjud.
O`quv jarayonini Davlat ta‘lim standartlari talab darajasida olib borish maqsadida 46 ta o`quv laboratoriyalari, ustaxonalar, tajriba ishlab chiqarish maydonchalari tashkil  etilgan.
Universitet bo`yicha 231 nafar iqtidorli talabalar tanlab olingan. O`quv yili davomida“Mutaxassislik”“Kompyuter savodxonligi” va “Xorijiy tillar” dan qo`shimcha darslar tashkil qilinib jadval asosida muntazam mashg`ulotlar olib boriladi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta‘lim vazirligi Hay‘atining 2010 yil 17 apreldagi“Oliy ta‘lim tizimida o`quv jarayoni va o`quv-uslubiy faoliyatni modernizatsiyalash hamda innovatsion ta‘lim texnologiyalarini joriy etish to`g`risida”gi 3/1-sonli qarori ijrosi bo`yicha har o`quv yili boshida “Birinchi kurs maktabi” seminar-treninglari o`tkazilmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta‘minlashni tashkil etish to`g`risida” gi PQ — 381 sonli qarori bilan Qarshi davlat universiteti axborot-resurs markazi (ARM) faoliyati yo`lga qo`yilgan: 1-ARM (universitet tasarrufidagi kutubxona asosida) universitet hududida; 2-ARM (Koson tumani Markaziy kutubxonasi va 3 ta tarmoq kutubxonalari asosida) Koson shahrida faoliyat olib boradi. ARMlar qoshida elektron kutubxona tashkil etilgan bo`lib, 29 ta kompyuter, 3 ta skaner, 2 ta printer va 2 ta nusxa ko`chirish apparati va boshqa orgtexnikalar bilan jihozlangan. ARMda bepul Internet xizmati yo`lga qo`yilgan. Shuningdek, ARMda videokonferentsiya qurilmalari mavjud bo`lib, o`quv jarayonlarida foydalanilmoqda. ARMda 220 o`rinli o`quv zallari mavjud.
Axborot-resurs markazining umumiy kitob fondi 541727 tani tashkil etadi. Shundan 147614 tasi darslik va o`quv qo`llanmalardir. Fond 2013 yili 2748 dona yangi kitoblar bilan to`ldirildi.
Ta‘limni sifat va samaradorligini oshirish uchun axborot – resurs markazida 618 ta fandan elektron o`quv-uslubiy majmualari jamlangan. Shuningdek, 2013 yil serverida 138 Gb dan ortiq turli axborot-resurs manbalari to`plangan. Zamonaviy axborotlar texnologiyasi va yangi pedogogik texnologiyalarini o`quv jarayoniga tadbiq etish uchun 5 ta elektron doska, 18 ta videoproektor talaba bilimini nazorat qilish uchun 2 ta “O`qituvchi-60” majmuasi, 45 dona keyingi rusumdagi kompyuterlar va Xorijiy tillar fakultetida til o`rganish uchun 2 ta lingofon sinflar o`rnatildi. O`quv jarayoniga 148 dona kompyuter xizmat ko`rsatadi. Bu kompyuterlarning 192 donasi zamonaviy, ya‘ni Pentium IV rusumidagi va 124 donasi boshqa rusumdagi kompyuterlardir. Shundan, kompyuter sinflar soni 9 ta, 2 ta lingafon sinfi, 72 tasi xalqaro Internetga, va  «ZiyoNET» tarmog`iga, 140 tasi ichki tarmoqqa ulangan.
Hozirgi kunda universitet O`zbekistondagi Germaniya, Koreya, Frantsiya, Rossiya, Buyuk Britaniya elchixonalari hamda ularga qarashli o`quv yurtlari bilan yaqindan faol hamkorlik qilib kelmoqda.
2011 yilda TEMPUS IV dasturi doirasida o`tkaziladigan tanlovning 2 ta qo`shma loyihasiga QarshiDU kiritildi. Bular Angliyaning Metropoliten universitetining “Enhancement of Quality assurance System through Professional Development of Academic Leaders (QAPD)”(Usovershenstvovanie sistem obespecheniya kachestva professsionalnoe razvitie starshego prepodavatelskogo sostava) mavzusidagi loyihasida hamkor sifatida kiritilib, tanlovdan muvaffaqiyatli o`tdi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste‘dod” jamg`armasi tomonidan istiqbolli yoshpedagog va ilmiy kadrlarni 2011 yildagi tanloviga universitetning 2 ta professor-o`qituvchilari qatnashib, muvaffaqiyatli o`tdilar va chet elda malaka oshirish grantini qo`lga kiritdilar.
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasida ham sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Koreya elchixonasiga qarashli KOICA tashkiloti bilan 2010 yilda shartnoma tuzilgan bo`lib, hozirgi kunda koreys tili volontyori Park Jungeun va Li Jongyunlar QarshiDUda faoliyat yuritib kelmoqda.
Universitetimizda hozirgi kunda hamdo`stlik mamlakatlaridan jumladan, Turmaniston Respublikasidan 2 nafar talaba biologiya va kimyo yo`nalishlarida tahsil olmoqda.
So`nggi 2 yilda iqtidorli talabalardan 1 nafari Zulfiya mukofoti, 1-nafari Prezident stipendiyasi (Abbosxonova Nilufar), 14 nafari Davlat stipendiyasi (Ulug`bek, Navoiy), 10 nafari boshqa turdagi stipendiyalar savrindorlari va 12 nafar talaba Respublika Fan olimpiadalarining g`oliblari bo`lishgan.
Universitet kafedralarining aksariyati akademik litsey, kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik qiladi va kafedralarning filiallari tashkil etilgan.
Hozirgi kunda universitet O`zbekiston Respublikasi «Elektron ta‘lim» Milliy tarmogiga ulangan bo`lib, dunyoning nufuzli oliy ta‘lim muassasalari va mamlakatimizning 70 ga yakin oliy ta‘lim muassasalari bilan videokonferentsiya utkazish imkoniyatiga ega. Jumladan: O`zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent yuridik instituti, Guliston davlat universiteti, Andijon xalq xo`jaligi instituti, Farg`ona davlat universiteti, Nukus davlat universiteti va Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutlari bilan hamda xalqaro miqyosda Angliyaning Shimoliy London universiteti va Fillandiyaning Oulu universitetlari bilan videokonferentsiyalar o`tkazilib kelinmoqda.

 



Qashqadaryo viloyati

28 05 2013

1.Qarshi davlat universiteti

2.Qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti

3.TATU Qarshi filiali