Navoiy davlat pedagogika instituti
30 05 2013
Qisqartama: NavDPI
Veb-sayt:http://nspi.uz/
Manzil: Navoiy shahar, Ibn Sino ko‘chasi 45- uy
Avtobuslar: 14 автобус
Mansabi | F.I.O. | Telefon | ||
Rektor | Ibragimov Xolboy Ibragimovich | (8 374) 222 05 09
agsu_info@edu.uz |
||
Prorektor | Xoshimov Axmad Tirkashevich | (8 374) 225-19-56
alievuz@yohoo.com |
||
Prorektor | Избосаров Бахриддин Фахриддинович | (8 374) 222-30-62
agsu_info@edu.uz |
Institut haqida
Fakultetlar
- Fizika – matematika
- Tabiyatshunoslik
- Tarix
- Jismoniy tarbiya
- Chet tillari
- O‘zbek filologiyasi
- Pedagogika
- Boshlang‘ich ta‘lim uslubi
Buyuk istiqlol sharofati ila jonajon O`zbekistonimiz jahon hamjamiyatida o`zining munosib o`rnini egallab, huquqiy demokratik jamiyat qurish yo`lida shaxdam odimlab bormoqda. Iqtisodiy, ijtimoiy, ma`naviy va boshqa sohalarda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, erishilgan yutuqlar, islohotlarning yanada chuqurlashayotgani buyuk istiqbolimizning dastlabki nishonalaridir.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov va Hukumatimizning ijtimoiy, xususan, ta’lim sohasidagi oqilona siyosati barkamol avlodni, komil insonni voyaga etkazishga qaratilgan bo`lib, 1997-yilda qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, «Ta’lim to`g`risida» Qonun uning huquqiy asoslarini yaratdi.
Tabiati, hududi, iqtisodiy qudrati, tarixi, madaniyati, milliy tarkibi, an`analari jihatdan o`ziga xosliklarga ega Navoiy mintaqasi uchun yuqori malakali pedagoglar tayyorlovchi Navoiy davlat pedagogika instituti mamlakatimizdagi eng kenja oliy o`quv yurtlaridan biri hisoblanadi. U 1983-yilda Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutining Navoiy filiali sifatida tashkil topgan. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992- yil 28- fevraldagi Farmoni bilan unga Navoiy davlat pedagogika instituti maqomi berildi. Hozirgi kunda institut respublikamizning yetakchi pedagogika oliy o`quv yurtlaridan biriga, viloyatning ilm-fan, ma’naviyat va ma’rifat markaziga aylandi.
Institut o`tgan qisqa davrda mamlakat xalq xo`jaligining ko`plab sohalari, xususan, ta’lim, ma’naviyat va madaniyat tizimi uchun 21 mingdan ko`proq oliy ma`lumotli malakali pedagog mutaxassislar tayyorladi. Mustaqillik yillarida institutda yetishib chiqqan pedagoglar soni 14 mingdan ortiqni tashkil qiladi.
Ayni paytda Navoiy davlat pedagogika institutida tayyorlangan mutaxassislar uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo`g`inlarida: oliy, o`rta maxsus va kasb-hunar, umumiy o`rta, maktabgacha ta’lim muassasalarida, davlat boshqaruv tizimida, Navoiy viloyati, shahar va tumanlari hokimiyat organlarida, jamoat tashkilotlari va boshqa sohalarda – fidokorona mehnat qilmoqdalar.
Moddiy – texnika va o`quv-laboratoriya bazani kuchaytirish, ta’lim sifatini ta`minlash,ta’lim mazmunini isloh qilish va yangi axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayonida keng joriyetish, iqtidorli yoshlarni oliy ta’limdan keyingi ta’limga jalb qilish orqali ilmiy salohiyatni o`stirish, respublika va xorijiy mamlakatlar oliy o`quv yurtlari hamda ilmiy markazlari bilan ko`p tomonlama hamkorlik qilish, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish, bozor iqtisodi sharoitida qo`shimcha ta’lim va servis xizmatlari ko`rsatishni kengaytirish, mahalliy hokimiyat organlari, jamoat tashkilotlari, jamg`armalar, korxonalar, muassasalar va ota-onalar bilan mustahkam amaliy hamkorlikni ta`minlash institut faoliyatining ustuvor yo`nalishlari hisoblanadi.
2010-2011-o`quv yilida institutda 6000 dan ortiq talaba vamagistrantlar tahsil oldi; bakalavrlar tayyorlash 18 ta’lim yo`nalishida, magistrlar tayyorlash 6 mutaxassislik bo`yicha amalga oshirilmoqda; 2 ta ixtisoslik bo`yicha aspirantura faoliyat ko`rsatadi.
Ta’lim yo`nalishlari va mutaxassisliklarda o`qitish o`zbek, rus va qozoq tillarida olib boriladi va bu milliy tarkibi jihatidan o`ziga xos bo`lgan Navoiy viloyati aholisining bilim olish bilan bog`liq konstitutsiyaviy huquqini ta`minlaydi.
Institutimizda bugungi kunda 401nafarprofessor-o`qituvchilar yuqori malakali pedagoglar tayyorlash, ta’lim-tarbiya hambastaligini ta`minlashda munosib hissalarini qo`shmoqda. Ularning 12nafari fan doktorlari va professorlar,90nafari fan nomzodlari va dotsentlardir. 2006-2011-yillarda institutimiz olim va tadqiqotchilari 4ta doktorlik, 38ta nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Oliy attestasiya komissiyasi tomonidan 3 kishiga professor, 30 dan ortiq fan nomzodiga dotsent ilmiy unvonlari berildi. Faqat shu davrning o`zida institut olimlari 8 ta darslik, 35 ta monografiya, 24 ta o`quv qo`llanmalari va ko`plab boshqa o`quv adabiyotlari yaratdilar.
Institutda har yili xalqaro, respublika va mintaqaviy ilmiy-amaliy, o`quv-metodik konferentsiyalar, seminarlar o`tkaziladi. 2006-2011 yillar davomida 16 ta respublika, 18ta mintaqaviy ilmiy anjumanva seminarlar yuqori saviyada tashkil qilinib, ularda ilm-fanning ustuvor yo`nalishlari, uzluksiz ta’limning dolzarb muammolari, yangi axborot-kommunikatsiya va ta’lim texnologiyalari, fanlarning nazariy asoslari va xususiy metodika, tabiiy-texnogen jarayonlar va ekologik muammolarning ilmiy asoslangan yechimlarini topish, amalga oshirilgan monitoring natijalari asosida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish va boshqa mavzularga keng e’tibor berildi.
Institutimiz O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Til va adabiyot, Tarix,Zoologiya institutlari, Qori Niyoziy nomidagi pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti, O`zbekiston Milliy Universiteti, Samarqand davlat universiteti, Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universiteti, Buxoro davlat universiteti, O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti,Samarqand davlat chet tillar instituti, O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti va barcha pedagogika institutlari bilan ilmiy-tadqiqot, o`quv-metodik, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash sohalarida hamkorlik aloqalariga ega.
Mustaqillik yillarida institut yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy o`quv yurtlari, ilm-fan markazlari bilan ilmiy hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bo`ldi. Rossiya Federatsiyasining M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Moskva davlat pedagogika universiteti, Novosibirsk davlat universiteti, Angliyaning Oksford, Kembridj universitetlari, Koreya Respublikasining Seul Milliy universiteti,Bolgariya Respublikasining Varna iqtisodiyot universiteti, Qozog`iston Respublikasining Olmaota industrial pedagogika akademiyasi, Turkiston Qozoq-Turk universiteti, Chimkent davlat universiteti va boshqalar bilan o`rnatilgan aloqalar yil sayin rivojlanib bormoqda. Mazkur aloqalarning natijasi o`laroq institutimiz professor-o`qituvchilaridan 41 nafari 1997-2011- yillarda Rossiya Federatsiyasi, Qozog`iston Respublikasi, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Bolgariya Respublikasi, Isroil, Xitoy Xalq Respublikasi, Turkiya Respublikasi, Malayziya universitet va kollejlarida malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida bo`ldilar; xorijda o`tkazilgan 40 dan ortiq xalqaro ilmiy konferensiyalarda bevosita ishtirok etdilar; bir necha iqtidorli yoshlar fan nomzodligi, rus tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Tohir Yusupov esa doktorlik dissertasiyasini xorijda muvaffaqiyatli himoya qildilar; Rossiya Federatsiyasi Moskva davlat universiteti, Qozog`iston Respublikasi Chimkent davlat universiteti, Xitoy Xalq Respublikasi Shanxay universiteti, Koreya Respublikasining Seul Milliy universiteti olimlari bilan hamkorlikda ilmiy maqolalar to`plamlari chop etildi.
2006-2011-yillarda institutda Birlashgan Millatlar Tashkilotining O`zbekistondagi vakillari, YUNESKO vakillari, bir necha mamlakatlarning O`zbekistondagi elchixonasi xodimlari, Rossiya Federatsiyasi, Koreya Respublikasining oliy o`quv yurtlari olimlari, O`zbekiston Qahramonlari Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, shoir va yozuvchilar O`tkir Hoshimov, Usmon Azim, G`affor Hotamov, Oydin Xojiyeva, Muhammad Ali, O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari: S. Shermuhammedov, A. Rustamov, T.Shirinov, taniqli olimlar: T.Mirzaevlar, N.Karimov, I.G`ofurov, I.Haqqul, M.Jo`rayev, H.Ne`matov, B.Xo`jayorov, S.Laqayev, Sh.Nazirov, R.Aloyev, O.Safarov hamda mashhur san’atkorlar bilan uchrashuvlar va kechalar tashkil etildi. Hozirda mamlakatimizda faoliyat ko`rsatayotgan siyosiy partiyalarning rahbarlari, Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputatlari, Senat a`zolari bilan har yili uchrashuvlar o`tkazish an`anaga aylangan.
Institutimizda iqtidorli talabalarni tanlash, ularning iste’dodlarini ro`yobga chiqarish va bitiruvchilarni oliy ta’limdan keyingi ta’limga kengroq jalb qilish orqali ilmiy-pedagog kadrlar zahirasini yaratishga alohida e’tibor qaratilgan. NavDPIni tamomlab kafedralarda faoliyat ko`rsatayotgan yoshlar joriy o`quv yilida professor-o`qituvchilar salmog`ining 48 foizini tashkil qiladi. NavDPIda xotin-qiz professor-o`qituvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni rahbarlik lavozimlariga tayinlash jamoamiz faoliyatining ustuvor yo`nalishlaridan biri hisoblanadi. 2010-2011 o`quv yilida 8 ta fakultetning 3 tasiga, mavjud kafedralarning 12 tasiga va bir necha bo`limlarga xotin-qizlar rahbarlik qilmoqda.
Institut o`quv-metodik, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni tashkil qilish va takomillashtirishda viloyat hokimligi, mahalliy hokimiyat organlari, jamoat tashkilotlari, jamg`armalar, ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik qiladi. Mazkur yo`nalishdagi faoliyat 2010-yil martda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ma’qullangan “Uzluksiz ta’lim tizimini mazmunan modernizatsiyalash va ta’lim –tarbiya samaradorligini yahgi sifat darajasiga ko`tarish bo`yicha Navoiy viloyati xalq ta’limi boshqarmasi, o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi va oliy ta’lim muassasalarining hamkorlik dasturi” asosida tashkil etilgan.Dastur doirasida viloyatdagi barcha akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan uzviy aloqa va amaliy hamkorlik ta’minlangan.
Viloyatda islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ko`p millatli mintaqa aholisining ma’naviy-madaniy, huquqiy-siyosiy saviyasini yuksaltirishda, milliy istiqlol g`oyasiga ishonch, Vatanga va xalqqa sadoqat ruhida tarbiyalashda jamoamiz ularning yelkadoshidir.
Jamoamiz professor-o`qituvchilari, talabalari buyuk va muqaddasO`zbekistonimizning porloqkelajagiga ishonadilar;institutda akademik va pedagogik ta’limni rivojlantirish hamdatakomillashtirish yuzasidan mamlakatimiz va xorijdagiyetakchi oliy o`quv yurtlarining tajribasini o`rganib, uni institut faoliyatida qo`llaydilar.Bunyodkorlik va yaratuvchilik, tashabbuskorlik va fidoyilikjamoamizning doimiy shiori bo`lib qoladi.
Jonajon Vatanimizning kelajagi–barkamol yosh avlodni tarbiyalashdek mas`uliyatli vazifani amalga oshirayotganimizdan faxrlanamiz. Mamlakatimizning sanoati, xilma-xil tabiati, go`zal va betakror an`analarga ega, navqiron va istiqbolli Navoiy viloyatining gullab yashnashi, uning bugungi kuni va istiqboliga xizmat qiluvchi, Prezidentimiz va Hukumatimiz siyosatiga, ona diyorimiz–O`zbekiston va uning xalqiga sadoqatli yosh avlodni voyaga yetkazish umididamiz.
Zamonaviy bilimlarga ega, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni o`zida uyg`unlashtirgan, Vatanimiz baxt-saodati uchun mas’uliyatni his qiladigan, hur va erkin fikrlovchi yosh avlodni tarbiyalash, O`zbekistonimiz iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy va ma’naviy taraqqiyotini yanada rivojlantirish yo`lida biz ilmiy tashkilotlar, oliy o`quv yurtlari, jamoat tashkilotlari, ishlab chiqarish korxonalari va barcha ezgu niyatli do`stlarimizni hamkorlikka, dunyodagi eng sharafli va mas`uliyatli kasblardan biri- o`qituvchi va tarbiyachi bo`lishni orzu qilayotgan iqtidorli yosh yigit-qizlarni institutimizda o`qishga chorlab qolamiz.
Navoiy davlat pedagogika instituti rektori,
professor X.I.Ibragimov
Categories : Без рубрики