
Qisqartma: AndDU
Muassasa tipi: Oliy ta’lim muassasasi
Manzil: Andijon shahar, Universitet ko’chasi, 129-uy
Mo’ljal: Nodirabegim nomidagi madaniyat va istirohat bog’i
Veb-sayt: www.adu.uz
Avtobuslar: 9
Faks: (8 374) 2221863
Rektor: Madumarov Tolibjon Abdumalikovich (8 374) 222-18-63 agsu_info@edu.uz
Prorektor: Sobirov Abdulhay Shukurovich 8374 225-19-56 shukur@mail.ru
Prorektor: Aliev Raimjon Usmanovich 8374 222-30-62 aliyevuz@yahoo.com
Fakultetlar:
1.Tarix va ijtimoiy fanlar
Dekan: Baxtiyor Rasulov
Manzil: 170100 Andijon shahri, Universitet ko’chasi, №129
Tel: 584-57-76
Elektron pochta: baxtiyor66@mail.ru
O’qish muddati:4 yil
Kirish ballari: 184,9 (2009 yil)
Kirish imtihonlari: Tarix, ona tili va adabiyoti, chet tili
O’qitish tillari: O’zbek, rus
Qabul komissiyasi ish rejasi: 20 iyundan 20 iyulgacha 8.30dan 17.30 gacha Yakshanba – dam olish kuni
2.Jismoniy madaniyat
Dekan: Xamidillo Soliev
Manzil: 170100 Andijon shahri, Universitet ko’chasi, №129
Tel: 225-85-80
Elektron pochta: hsh66@mail.ru
O’qish muddati: 4 yil
Kirish ballari: 107,2 (2009 yil)
Kirish imtihonlari: Biolgiya, ijodiy imtixon, ona tili va dabiyoti
O’qitish tillari: O’zbek, rus
Qabul komissiyasi ish rejasi: 20 iyundan 20 iyulgacha 8.30dan 17.30 gacha Yakshanba – dam olish kuni
3.Filologiya
Dekan: Ziyoydin Kodirov
Manzil: 170100 Andijon shahri, Universitet ko’chasi, №129
Tel. 610-25-61
Elektron pochta asu2002@rambler.ru
Ў?ish muddati 4 yil
Kirish ballari: Filologiya (O’zbek tili): 156,6; Ona tili va dabiyoti (Qirg’iz tili va adabiyoti): 99,3
(2009 yil)
Kirish imtihonlari Filologiya (O’zbek tili): O’zbek tili va adabiyoti, tarix, chet tili; Ona tili
va adabiyoti (Qirg’iz tili va adabiyoti): Qirg’iz tili va adabiyoti (ijodiy), tarix (ijodiy), chet tili
O’qitish tillari O’zbek, rus, qirg’iz
Qabul komissiyasi ish rejasi: 20 iyundan 20 iyulgacha 8.30dan 17.30 gacha Yakshanba – dam olish kuni
4.Pedagogika
Dekan Akromjon Teshaboev
Manzil 170100 Andijon shahri, Universitet ko’chasi, №129
Tel. 169-62-14
Elektron pochta asu2002@rambler.ru
Ў?ish muddati 4 yil
Kirish ballari:
- Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish: 167,7;
- Pedagogika va psixologiya: 123,5;
- Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi : 172,4 (2009 yil)
Kirish imtihonlari
- Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish: ona tili va adabiyoti, matematika, tarix;
- Pedagogika va psixologiya: biologiya, ona tili va dabiyoti, tarix;
- Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi : tarix, ona tili va adabiyoti, chet tili
O’qitish tillari O’zbek, rus
Qabul komissiyasi ish rejasi 20 iyundan 20 iyulgacha 8.30dan 17.30 gacha Yakshanba – dam olish kuni
5.Xorijiy tillar
Dekan Baxodir Raxmonov
Manzil 170100 Andijon shahri, Universitet ko’chasi, №129
Tel. 225-73-38
Elektron pochta baxodirraxmonov@mail.ru
O’qish muddati 4 yil
Kirish ballari
- Biologiya: 120,7;
- Kimyo: 126,6;
- Geografiya: 160,4;
- Ekologiya va tabiatdan foydalanish: 109,4 (2009 yil)
Kirish imtihonlari Ingliz tili, ona tili va adabiyoti, tarix
O’qitish tillari O’zbek, rus
Qabul komissiyasi ish rejasi 20 iyundan 20 iyulgacha 8.30dan 17.30 gacha Yakshanba – dam olish kuni
6.Fizika-matematika
Dekan Xakimov Abduxakim
Manzil 170100 Andijon shahri, Universitet ko’chasi, №129
Tel. 490-00-87
Elektron pochta fiz-mat@rambler.ru
Ў?ish muddati 4 yil
Kirish ballari
- Fizika: 187,2;
- Matematika: 182,2;
- Kasb ta’limi (Informatika va axborot texnologiyasi): 106,3;
- Mehnat ta’limi: 110,2 (2009 yil)
Kirish imtihonlari
- Fizika: fizika, matematika, ona tili va adabiyoti;
- Matematika: matematika, fizika, ona tili va adabiyoti;
- Kasb ta’limi (Informatika va axborot texnologiyasi): matematika, fizika, ona tili va adabiyoti;
- Mehnat ta’limi: fizika, matematika, ona tili va adabiyoti
O’qitish tillari O’zbek, rus
Qabul komissiyasi ish rejasi 20 iyundan 20 iyulgacha 8.30dan 17.30 gacha Yakshanba – dam olish kuni
7.Tabiatshunoslik va geografiya
Dekan G’ayratbek Jo’raqulov
Manzil 170100 Andijon shahri, Universitet ko’chasi, №129
Tel. 225-25-41
Elektron pochta a_xusanov75@mail.ru
O’qish muddati 4 yil
Kirish ballari
- Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi: 115,6;
- Musiqiy ta’lim: 157,2;
- Maktabgacha ta’lim va bolalar sporti: 112,9 (2009 yil)
Kirish imtihonlari Biologiya, kimyo, ona tili va adabiyoti
O’qitish tillari O’zbek, rus
Qabul komissiyasi ish rejasi 20 iyundan 20 iyulgacha 8.30dan 17.30 gacha Yakshanba – dam olish kuni
AKADEMIK AKMAL QOSIMOV 76 YOSHDA
Hayotda shunday insonlar borki, garchan ular bilan uzoq yillar birga ishlab, ularning fe’l-atvori, ularga Olloh tomonidan berilgan noyob fazilatlarini yaxshi bilsangda, ularni yo‘qotganingdan keyin qo‘lingga qalam olganingda bu qanchalik mushkul ish ekanligini his etarkansan. Chunki, bunday insonlar haqida qancha yozsang ham, ularning ajoyib fazilatlari, faoliyatining serjilo qirralari ta’rifga sig‘may va to‘la ochilmay qolayotganday tuyulaveradi.
Andijon davlat pedagogika instituti (1992 yildan ADU) da yaqin 20 yil rektorlik qilgan akademik A.Qosimov ana shunday insonlardan edi.
Akmal Qosimov 1937 yilning 20 fevralida Andijon viloyati Shaxrixon tumanidagi Akademik T.Sarimsoqov nomidagi jamoa xo‘jaligi hududida dunyoga kelgan. 1955 yil 1-o‘rta maktabni tugatgach, 1956 yilda O‘zbekiston milliy universitetining biologiya-tuproqshunoslik fakultetiga o‘qishga kirib, 1961 yilda imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Fakultet ilmiy kengashining tavsiyasiga asosan Moskvaga, sobiq Ittifoq FA Biofizika institutiga aspiranturaga yuborilgan. Taniqli olim, sobiq Ittifoq Fanlar Akademiyasining muxbir a’zosi A.M. Kuzin laboratoriyasida zamonaviy biokimyo, biofizika va radiobiologik tadqiqot usullarini qunt va izchillik bilan o‘rganib, 1965 yilda “O‘simliklarga gamma nurlanishining distansion ta’sirida radio-toksinlarning roli” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqlagan. O‘zbekiston fanida va uning rivojlanishida muhim o‘rin tutgan radiobiologiya sohasiga birinchilar qatori o‘zining salmoqli hissasini qo‘shgan yosh olimlardan biri edi. Aspiranturani tugatgandan keyin 1964 yildan boshlab Toshkent Davlat universitetining biokimyo-fizika kafedrasida assistent, katta o‘qituvchi, dotsent, 1971-73 yillarda bioximiya kafedrasi mudiri vazifalarida ishlagan. Akmaljon Qosimovning tashkilotchilik qobiliyatini hisobga olib, universitet rektorati fakultet dekani o‘rinbosarligi lavozimiga tayinladi. Dekan o‘rinbosarligi faoliyatida o‘quv-tarbiya va jamoatchilik ishlarini jonlantirishga, talantli talabalar va yosh o‘qituvchilarni ilm-fanga undab, radiobiologiya fanining O‘zbekistonda rivojlanishiga sezilarli hissa qo‘shgan.
1976 yilning kuz kunlaridan birida Andijon davlat pedagogika institutiga yangi rektor etib tayinlangan Akmal Qosimov bilan institut professor-o‘qituvchilarning tanishuv tadbiri bo‘lib o‘tdi. Institut jamoasi qaddi-qomati kelishgan, bejirim kiyimlari o‘ziga yarashib turgan yangi rahbarni juda iliq kutib oldi. Albatta, bunda uning kamtarligi, muomala madaniyatining yuqoriligi, rahbarga xos salobati ham muhim ahamiyat kasb etganligi shubhasiz.
Institut bilan hamqadam ravishda, ahil jamoaning ma’naviy qo‘llab-quvvatlashi o‘zining betakror qobiliyati, ilmga barkamollikka intilishi sababli Akmal Qosimov ham to‘xtovsiz o‘sib, kamolga erishib bordi. Hali 40 yoshga ham yetmagan dotsent Akmal Qosimovich rektorlikka saylangach ham ilmiy izlanishlarni to‘xtatmadi. 1977 yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Bioximiya instituti qoshidagi ixtisoslashtirilgan ilmiy kengashida “Membranalarning transport funksiyasini radiatsiya ta’sirida jarohatlanishining biokimyoviy asoslari” mavzusida biologiya fanlari doktori ilmiy darajasi uchun dissertatsiyani muvaffaqiyat bilan yoqladi. 1979 yilda professor ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi. Keyinchalik O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi, Akademiyaning haqiqiy a’zosi unvonlariga sazovor bo‘ldi.
Akmaljon Qosimovning erishilgan yutuqlardan qanoatlanish hissiyotidan yiroq bo‘lgan tabiati uning pedagogik faoliyatida o‘zining yana ham yaqqqolroq ifodasini topdi. U Andijon davlat pedagogika instituti (ADU) rektori sifatida o‘quv jarayonlarini talablar darajasida tashkil etish, uni takomillashtirishda faol ishtirok etishni o‘zining muqaddas burchi deb bildi.
U rahbarlik qilgan davrda oliy o‘quv yurtining moddiy-texnika bazasi keskin darajada mustahkamlandi, pedagoglar ilmiy salohiyatini oshirishga e’tibor kuchaytirildi, darslik va o‘quv-qo‘llanmalar yaratish ishlari qat’iy nazorat ostiga olindi.
“Biokimyo”, “Biokimyodan amaliy mashg‘ulotlar” kabi darsliklar yaratdi, o‘simlik fiziologiyasi, xususan mintaqamiz qishloq xo‘jaligi uchun dolzarb muammo bo‘lgan yangi paxta navlarini yaratish borasida yirik tadqiqotlar o‘tkazish uchun uskuna fitotron olib kelib, uni ishga tushurdi. A.Qosimov faoliyatining yana bir ajoyib qirrasi bu uning bunyodkorligi, tashkilotchiligidir. U ADPI ga rektor bo‘lib kelganida institutning yangi binosi qurilish arafasida edi. Yangi rektor o‘zining zo‘r tashkilotchiligi, yoshlik g‘ayrati va tashabbuskorligini namoyon etib, institutning 5 qavatli o‘quv binosi, 2 ta talabalar uyi, sport majmuasini tez suratlarda bitirishga erishdi.
U tabiatni juda sevar edi, ko‘chatlar o‘tqazish, gullar o‘stirish, mevali ko‘chatlardan bog‘lar yaratish uning jonu dili edi. Buning isboti sifatida shahrimizning ko‘rkiga aylangan. Universitetning ko‘rkam binosi, binoga kirib kelishda ko‘kka bo‘y cho‘zib o‘sayotgan ko‘m-ko‘k archalar go‘zallik nafosati bilan Olloh tomonidan Akmal Qosimovga berilgan bo‘yu-bast, qaddi-qomatini eslatib domlaning ruhiga salovat aytayotganday.Domla o‘ta jiddiy, o‘ta talabchan rahbar bo‘lishi bilan birga keng fe’lli, kechirimli juda bag‘ri keng inson edi.
A.Qosimovning havas qiladirgan fazilatlaridan yana biri oilaparvarligi edi. U turmush o‘rtog‘iga vafoli yor, farzandlari uchun mehribon ota edi. Turmush o‘rtog‘i Diloromxon aya bilan 4 farzandni 1 o‘g‘il, 3 qizni el-yurt koriga yaraydigan insonlar qilib ulg‘aytirdi. Katta qizi ota kasbini ulug‘lab Toshkent milliy universiteti Biologiya fakultetini tamomlagan bo‘lsa, Sayyoraxon oliy ma’lumotli shifokor, o‘g‘li Zafarjon tarixchi-yurist, kenja qizi Dilnozaxon diplomant. Ular mustaqil O‘zbekistonimizning rivojiga o‘z hissalarini qo‘shib, samarali mehnat qilmoqdalar. “Vatanni sevmoq iymondandir” deyiladi hadislarda. O‘z Vatanini samimiy sevish, unga sidqidildan xizmat qilish va xatto fidoyisi bo‘lish A.Qosimovning doimiy fazilatlaridan bo‘lgan. Aynan shu fazilatlar hurmatli olimimizni yuksak Davlat lavozimlariga yetaklagan bo‘lsa ajab emas. A.Qosimov Respublikamiz Oliy majlisidagi faoliyatida ham, mamlakatimiz fan, ta’lim va tarbiya ishlarini takomillashtirish, aholining ijtimoiy himoyasi, ekologiyani yaxshilash masalalariga hukumatimiz e’tiborini qaratish shu sohalarda qonunlar chiqarish ishlarida faol ishtirok etdi. Ha, A.Qosimov qisqa umr ko‘rdi, ammo juda sermazmun, asrlar osha jamiyat, yosh avlod, farzandlari, do‘stlari, shogirdlari uchun o‘zidan boqiylikka dahldor, ma’naviy, ilmiy meros qoldirdi. Uning ikkinchi umri farzandlari, yaqin do‘stlari, shogirdlari, yozib qoldirgan ilmiy asarlari, universitetda mehr bilan ekib ketgan go‘zal archalari-yu, kashtanlari, mevali bog‘lari bilan yashamoqda.
Biz ADU jamoasi akademik A.Qosimov rahbarligida bunyod etilgan hashamatli binolarda ahl pedagog va xodimlar jamoasida mehnat qilayotganimiz, minglab yoshlarga ilm, ta’lim berayotganimiz bilan fahrlanamiz va bu ulug‘ insonning xotirasini hech qachon unutmaymiz.
Andijon davlat universiteti pedagogika instituti shaklida 1931 yilda tashkil etilgan va 1992 yildan universitet maqomi berilgan. Hozirda 24 ta ta`lim yo’nalishida 6400 nafar bakalavr, 14 ta mutaxassislik bo’yicha 125 nafar magistr, jami 6525 nafar talaba tahsil olmoqda, 21 nafar izlanuvchi tadqiqotchi, 6 nafar katta ilmiy xodim ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. 7 ta fakul`tet, 31 ta ixtisoslik kafedralari faoliyat ko’rsatmoqda. Talabalarga 508 nafar professor-o’qituvchi dars bermoqda. Ularning 36 nafari fan doktori, professor va 170 nafari fan nomzodi, dotsentlardir.
Universitet faoliyati malakali pedagoglar va yuqori malakali ilmiy-pedagogik, mintaqaning ijtimoiy-ma`naviy sohalari uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga, jamiyatning nazariy va hududiy amaliyotga molik ilmga bo’lgan ehtiyojni qondirishga yo’naltirilgan.
O’quv binolari va o’quv-laboratoriyalari. Universitetda 5 ta o’quv binosi bo’lib, xonalarining umumiy maydoni 36290 kv/m. Bir talabaga to’g’ri keladigan foydali maydon 4,9 kv/m. o’quv auditoriyalari soni 218 ta, laboratoriya xonalari 52 ta, lingofon sinflari 9 ta (laboratoriya jihozlari bilan ta`minlanganlik 86,0 %). Komp`yuter sinflari soni 11 ta, komp`yuterlar soni 532 ta (1 dona komp`yuterga 14 nafar talaba to’g’ri keladi).