Universitet tashkil etilgan dastlabki yillardayoq fizika fanini o`rganishga asos solingan bo`lib, fizika-matematika fakulteti tarkibida fizika, astronomiya, mexanika, geofizika yo`nalishlarida talabalarga ta`limi bo`yicha tahsil berish bilan bir qatorda fizikaning turli sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. O`rta Osiy Davlat universiteti rektorining 1959 yil 20 iyundagi 276-sonli buyrug`iga asosan fizika-matematika fakulteti ikkita alohida fakultetga ajralib, 1959 yildan boshlab, fizika fakulteti mustaqil faoliyat ko`rsata boshladi.
Fizika fakultetining hozirgi istiqbolida unga rahbarlik qilgan taniqli olim va mutaxassislarning mehnatlari beqiyosdir. Bular fakultet dekanlari: prof. V.A. Djordjio (1959-1964), dots. B.G. Smirnov (1964-1967), prof. R.X. Mallin (1967-1972), akad. A.A.Abdurazzakov (1972-1980), dots. A.A. Adilov (1980-1991), akad. K.M. Mukimov (1991-1992), prof. S.Z. Zaynobiddinov (1992-1996), prof. A.T. Mirzaev (1996-1997), dots. A.S. Raxmatov (1997-2004), prof. O.O. Mamatkarimov (2004-2009), dots. B.X.Eshchanov (2009 yildan).
Fizika fakultetida faoliyat ko`rsatgan taniqli olimlar akad. S.A. Azimov – yadro fizikasi va kosmik nurlar fizikasi; akad. U.O. Oripov – fizikaviy elektronika, prof. V.A. Djordjio – Atmosfera fizikasi, akad. P.K. Xabibullaev, dots. B.M. Nosenko – optika va spektroskopiya, prof. E.N. Nazirov – fizikani o`qitish uslubi va tarixi, akad. M.M. Musaxanov – nazariy fizika, prof. A.T.Teshaboev – yarimo`tkazgichlar fizikasi, akad. S.R. Rashidova – polimerlar fizikasi, prof. A.T. Mirzaev – kvant radiofizikasi, prof. S.N. Nuritdinov – Astronomiya va astrofizika sohalarida o`ziga xos ilmiy maktablarini yaratganlar.
Hozirgi kunda fizika fakultetida:
- Astronomiya va atmosfera fizikasi;
- Optika va lazerli fizika;
- Umumiy fizika;
- Fizikaviy elektronika;
- Yadro va nazariy fizika;
- Yarimo’tkazgichlar va polimerlar fizikasi kafedralari faoliyat korsatayotgan bo’lib, o’quv jarayoniga ushbu kafedralarning 63 nafar professor- o`qituvchilari, shu jumladan, 3 ta O`zbekiston Fanlar akademiyasining akademiklari, 15 ta fan doktori va professorlar, 39 ta fan nomzodlari va dotsentlar jalb etilgan. Ayni paytda fakultetda 2 ta ta`lim yo`nalishida bakalavr va 8 ta mutaxassislik bo`yicha magistr tayyorlanmoqda. Bundan tashqari fakultetda katta illmiy xodim-izlanuvchilik instituti mavjud.
|
|
1935-yili gеologiya-tuproqshunoslik-gеografiya fakultеti ochildi. 1945 yili mustaqil gеografiya fakultеti tashkil etildi. Fakultеt hozirgi vaqtda O’zbеkistonda gеografiya, gmdromеtеorologiya, gеodеziya, kartografiya va kadastr, mintaqaviy iqtisodiyot hamda dеmografiya sohalaridayetakchi o’quv va ilmiy markaz hisoblanadi.
Fakultеt tarkibida oltita kafеdra faoliyat ko’rsatmoqda. Shuningdеk aholi muammolari bilan shug’ullanadigan ilmiy markaz mavjud. H.Hasanov nomidagi “Globus” o’quv mеtodika xonasi, ijtimoiy gеografiya va mintaqaviy iqtisodiyot, gidrologiya, gеodеziya, kartografiya va kadastr ixtisoslashgan o’quv kabinеtlari va bеsh mingdan ortiq kitob fondiga ega bo’lgan kutubxona ishlab turibdi.
Hozirgi davrda fakultеtda 10 ta fan doktori, profеssor va 18 nafar fan nomzodi-doцеntlar o’quv jarayoni, ilmiy nazariy hamda Amaliy ahamiyatga ega bo’lgan tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. Hozir fakultеtda «Aholi gеografiyasi», «Atlas kartografiyasi», «Quruqlik gidrologiyasi», «Agroiqlimshunoslik va tabiiy gеografiya» kabi ilmiy yo’nalishlar va maktablar shakllandi.
Fakultеtning kunduzgi va sirtqi bo’limida 650 dan ortiq talaba talim olmoqda. Gеograf, injеnеr gidromеtеorolog va gеodеzist-kartograf tayyorlash jarayonida o’quv, ishlab chiqarish amaliyotlari g’arbiy Tyanshanning eng go’zal va gеografik jihatdan xaraktеrli rayonida joylashgan Chorvoq o’quv dala amaliyot bazasida o’tkaziladi. Ishlab chiqarish va pеdagogik amaliyotlar «O’zgеodеzkadastr» bosh boshqarmasida, O’zbеkiston bosh gidromеtеorologiya xizmati markazida, O’zbеkiston Rеspublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat komitеtida, xokimiyatlarning statistika va kadastr bo’limlarida, Toshkеnt shahar xokimiyati ijroiya mahkamasining «Еr munosabatlarini va ko’chmas mulk kadastrini tartibga solish bosh boshqarmasida», O’zbеkiston Rеspublikasi Statistika dеportamеntida, Samarali iqtisodiy siyosat markazida, Toshkеnt shahrining namunaviy maktablarida, akadеmik liцеy va kollеjlarida o’tkaziladi.
Fakultеt kafеdralarining “Ergeodezkadastr”qo’mitasida, Markaziy aerogеodеziya korxonasida va Toshkеnt kartografiya fabrikasida, SANIGMI da filiallari mavjud. Bitirib chiquvchi bakalavr va magistrlar mamlakat iqtisodiyotning turli sohalarida, O’RFA tarmoq institutlarida, xokimiyatlarning, ilmiy tеkshirish va loyihalash institutlarining ixtisoslashgan bo’limlarida, rеjalashtirish tashkilotlarida, Oliy va o’rta maxsus talim vazirligi tasarrufidagi o’quv muassasalarida va boshqa qator nufuzli tashkilot va korxonalarda xizmat qiladi.
Fakultеt qoshida gеografiya fanlaridan nomzodlik va doktorlik dissеrtaцiyalarini himoya qilish bo’yicha ixtisoslashgan ilmiy kеngash faoliyat ko’rsatib kеlmoqda. Fakultеt Xitoy, Rossiya, Ukraina, Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston va boshqa bir qancha xorij mamlakatlarining nufuzli univеrsitеtlari bilan mustahkam aloqa o’rnatgan.
- Geologiya fakulteti haqida
|
|
|
|
Мирзо Улуғбек номидаги Ўзбекистон Миллий университети Геология факультети 1920 йилнинг сентябрь ойидан университетнинг Физика-математика факультети табиий бўлими таркибида иш бошлаган. А.С.Уклонский, В.Г.Мухин, М.М.Протодьяконов, З.Ф.Гориздро-Кульчиская, О.К.Ланге ва бошқа олимларнинг факультетга асос солинишида хизматлари катта бўлган.
1920 йилнинг октябрь ойида минералогия (А.С.Уклонский) ҳамда умумий ва тарихий геология кафедралари ташкил қилинди. Кейинчалик 1926 йилда гидрогеология ва мухандислик геологияси (О.К.Ланге), 1941 йили петрография ва литология (В.И.Попов), умумий ва динамик геология (В.Г.Мухин), тарихий геология ва палеонтология (З.В.Гориздро-Кульчиская) кафедралари ташкил қилинди. 1929 йилга келиб Ўрта Осиё Давлат университетининг физика-математика бўлимида юқори малакали геолог мутахассислар тайёрлай оладиган ва шу соҳага оид илмий тадқиқот ишларини амалга ошира оладиган моддий база яратилди. 1952 йилда петрография ва фойдали қазилмалар (И.М.Исамуҳамедов), 1968 йилда геофизикавий тадқиқот усуллари (Б.Б.Таль-Вирский) кафедралари ташкил қилинди. 1996 йилда умумий геология, литология, палеонтология ва АКФС кафедралари бирлаштирилиб, йирик геология кафедраси ташкил этилди. 1998 йилда геоинформатика ўқув илмий маркази, 2000 йилда геоинформатика ва 2002 йилда замонавий геодинамика ва сейсмология кафедралари ташкил топган. 2005 йилдан мазкур кафедралар негизида ташкил этилган замонавий геодинамика ва геоинформатика кафедраси фаолият юрита бошлади.
Мазкур кафедраларда ўқув, методик ва илмий тадқиқот ишларини шакллантириш ҳамда ривожлантиришда А.С.Уклонский, О.Л.Ланге, В.В.Попов, И.М.Исамуҳамедов, И.Ҳ.Ҳамробоев, Т.Н.Долимов, Б.Б.Таль-Вирский, В.И.Троицкий ва бошқа олимларнинг хизматлари катта бўлди. Факультет фаолияти давомида Ўзбекистон ва МДҲ ҳамда хорижий давлатларнинг (Ангола, Куба, Ҳиндистон, Жазоир, Афғонистон, Ветьнам, Монголия, Миср ва б.) геология тармоқлари учун 6500 дан зиёд юқори малакали мутахассислар тайёрланган.
Факультетга 1945-2008 йиллар давомида О.И.Исломов, С.Н.Пустовойт, С.Ҳ.Миркамалова, М.М.Крылов, Б.Ф.Василевский, С.Н.Нуртоев, Т.Н.Долимов, Д.Ҳусанбоев, А.Х.Жўлиев, Ҳ.А.Отабоев, И.И.Раҳмедов, И.Н.Ганиев, Ҳ.А.Тойчиевлар раҳбарлик қилишган, 2004 йилдан Х.Д.Ишбаев деканлик лавозимида ишлаб келмоқда.
|
|
|
1918 yil 21 aprelda Turkiston Xalq universiteti tashkil topib, uning tarkibida huquqiy bo’limi bo’lgan sosial-iqtisod fakulteti joriy qilindi. Bu fakultet tarkibidagi huquq bo’limi, O’zbekistonda Oliy yuridik ma’lumot olish uchun dastlabki qadam bo’ldi.
Turkiston Davlat universiteti joriy qilingandan so’ng sosial-iqtisod fakulteti uning tarkibiga kiritildi va bu 1921 yil Ijtimoiy fanlar fakultetiga aylantirildi (IFF). Buning tarkibida iqtisod instituti va huquq instituti faoliyat ko’rsatib keldi. Bu davrda mahalliy aholining vakillarini o’qishga jalb qilish bo’yicha ko’p ishlar qilindi. 1921 yilda 30 talabadan 15 tasini o’zbeklar tashkil qilgan, 1923 yilda birinchi bo’lib fakultetni bitirganlar 71 kishini tashkil qilib, bular birinchi iqtisod va huquq sohalari bo’yicha Turkiston Davlat universitetida oliy ma’lumot olganlardir.
1924 yilda ijtimoiy fanlar fakulteti, mahalliy xo’jalik va huquq fakultetiga aylantirildi. Bu fakultetda yurist kadrlarni tayyorlash kengaytirildi va ancha yaxshilandi. 1928 yilga kelib, bu fakultet Sovet xo’jalik va huquqi deb nomlandi. 1930 yilgacha O’ODU (SAGU)ning «Sovet xo’jalik va huquq» fakulteti O’zbekistonda Oliy yuridik ma’lumotli kadrlarni trayyorlashda asosiy ta’lim markazi bo’lib kelgan. 1931 yilda O’zSSR Markaziy Ijroiya Komiteti va Xalq Komissarlar Sovetining qaroriga asosan, «Sud, porkuratura va sovet aparati» xodimlari, shuningdek davlat va huquq sohasi bo’yicha ilmiy, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo’yicha O’zbekistonda O’zSSR XKS qoshida Djahon Obidova nomidagi «Sovet qurilishi va huquqi ilmiy tadqiqot instituti» tashkil qilingan. Uning direktori XKSning raisi F.Xo’jaev bo’lgan. Ko’p vaqt o’tmasdan 1932 yilda O’zSSR MIK qoshida ikkita fakultetdan iborat «Sovet qurilishi» o’quv instituti tashkil qilindi.
1937 yilda ilmiy tadqiqot instituti O’zSSR Yustisiya Xalq Komissariyati qoshidagi Sovet huquqi institutiga qo’shib yuboriladi. 1938 yilga kelib, bu institut, Umum Ittifoq Toshkent Yuridik institutiga aylantirildi.
Sovet qurilishi va huquqi instituti tashkil etilgan vaqtdan boshlab, ilmiy xamda pedagogik ishlarni ko’zga ko’ringan yurist olimlardan B.L.Manelis, M.D.Luskiy, S.A.Avrux keyinchalik bu kollektivga M.Mo’minov, Q.D.Tyurin, K.Sarimsoqov, X.Qurbonov, N.A.Kapustyanskiy, T.Eshonbekov, D.A.Arenbek va boshqalar qo’shiladilar.
1946-1954 yillar mobaynida akademik S.A.Rajabov Toshkent yuridik istitutiga rahbarlik qilib keldi. 1954 yildan 1956 yilgacha Toshkent yuridik institutiga mahalliy xotin qizlar orasidan Oliy yuridik bilimga ega bo’lgan yu.f.d. prof. O’zFA akademigi X.S.Sulaymanova rahbarlik qilib kelganlar. U 1956 yildan 1958 yilgacha O’zSSR Yustisiya vaziri, 1958 yildan 1964 yilgacha O’zSSR Ministrlar Soveti qoshidagi yuridik komissiyaning raisi bo’lib ishlagan, 1964 yilda X.S.Sulaymonova O’zSSR Oliy sudining raisi bo’lib faoliyat ko’rsatib kelgan. 1956 yilda X.S.Sulaymonova O’zFA haqiqiy a’zosi qilib saylangan.
1947 yilda O’rta Osiyo Davlat Universiteti tarkibida yuridik fakultet tashkil qilindi. Buning asosiy maqsadi, huquq sohasi bo’yicha ilmiy xodimlarni tayyorlash edi. Bu fakultetni N.D.Dektyarliko boshqargan. 1950 yilga kelib SAGUning yuridik fakulteti, yuridik institut tarkibiga kiritildi. 1955 yilga kelib Toshkent yuridik instituti, O’rta Osiyo Davlat Universitetining yuridik fakultetiga aylantirildi. Bu fakultetning dekani etib prof. X.S.Sulaymonova saylandi.
|
- Iqtisodiyot fakulteti haqida
|
|
|
|
O’zbekiston Milliy Universitetida iqtisodiyot nazariyasiga oid pedagogik va ilmiy izlanishlar 1918 yildan boshlangan va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar fakulteti (1918-1931) faoliyati bilan bog’liqdir. 1922 yilda Siyosiy-iqtisod fakulteti Ijtimoiy fanlar fakultetiga aylantirildi. 1931 yilda uning negizida Toshkent Moliya instituti tashkil etildi.
1928 yilda O’rta Osiyo iqtisodiy kengashining qaroriga binoan mavjud mahalliy xo’jalik va qishloq xo’jaligi fakultetlari asosida O’rta Osiyo Davlat Universiteti qoshida Iqtisodiyot ilmiy-tekshirish instituti tashkil topdi. 1931 yili O’rta Osiyo Universitetidan qishloq xo’jaligi va iqtisodiyot instituti ajralib chiqdi. 1944 yilda O’rta Osiyo Universitetida Siyosiy iqtisod kafedrasi tashkil topdi. 1967 yildan boshlab kafedra ikkiga: gumanitar va tabiiy fanlar siyosiy iqtisod kafedralariga bo’lindi. 1968 yilda Tarix fakulteti tarkibida siyosiy iqtisod kafedrasi va siyosiy iqtisod bo’limi tashkil etildi. 1978 yil Tarix fakulteti tarkibidan Falsafa-iqtisod fakulteti ajralib chiqdi. Siyosiy iqtisod bo’limi 1990 yilgacha mazkur fakultet tarkibida faoliyat ko’rsatdi. 1991 yilda Iqtisodiyot bo’limi falsafa fakultetidan ajratilib, mustaqil fakultetga aylantirildi.
Iqtisodiyot fakulteti O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va jahon xo’jaligi tizimiga kirib borishida zarur bo’lgan bozor iqtisodiyoti qonunlari va xorijiy tillarni mukammal egallagan, jahon andozasi talablariga javob beradigan malakali iqtisodchi bakalavr va magistrlar tayyorlaydigan respublikadagi yetakchi Oliy o’quv maskanlaridan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda fakultetda 5230100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha), 5340400 – Biznesni boshqarish (tarmoqlar bo’yicha) yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar hamda 5A230102 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha), 5A230103-Makroiqtisodiyot, 5A230110-Mehnat iqtisodiyoti mutaxassisliklari bo’yicha magistrlar tayyorlanmoqda va bu borada 4 ta kafedra professor-o’qituvchilari talabalarga o’qitishning ilg’or pedagogik usullarini qo’llagan holda dars berib kelmoqdalar.
Iqtisodiyot fakulteti O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat Qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq Qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Bank-Moliya Akademiyasi, O’zFA Iqtisodiyot instituti, “O’zmeliomashlizing” Davlat lizing kompaniyasi, «Ipak yo’li» AITB, «Kafolat» davlat aktsiyadorlik sug`urta kompaniyasi, “Mikrokreditbank” OATB bilan kadrlar tayyorlash, o’quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot sohalari bo’yicha hamkorlik shartnomalariga ega.
|
- Jurnalistika fakulteti haqida
|
|
|
|
O’zbekiston Milliy Universiteti jurnalistika fakulteti 1967-yilda tashkil topgan.
Bu fakultetda tayyorlanayotgan kadrlar mamlakatimiz va chet el ommaviy axborot vositalarida gazeta, jurnal, televidenie, radio, axborot agentliklarida va turli muassasalarining matbuot markazlarida faoliyat ko’rsatadi.
Bugungi kunda fakultetda talabalarga 40 dan ortiq o’qituvchi ta’lim beradi. Ulardan 4 nafari fan doktori, professor, 15 nafari fan nomzodlari, dosentlardir. Bundan tashqarii, o’quv jarayoniga respublikamizning taniqli jurnalistlari ham jalb etilib, ular o’zlarining maxorat maktablarida mashg’ulotlar olib borishadi. Fakultetda hozirgi kunda
- Matbuot,
- Televidenie va radioeshittirish,
- Ommaviy aloqalar va reklama,
- Uslubiyat va taxrir,
- Internet jurnalistika kafedralari faoliyat ko’rsatmoqda.
Fakultetda zamonaviy raqamli tele-radiolabaratoriya, kino- fotolabaratoriya, kompyuter va matbuot xonalari mavjud. Bu lobaratoriya va xonalarda talabalar nazariy bilimlarni bevosita amaliyotga tadbiq qilish imkoniyatiga ega.
Fakultetda
- «Jurnalistika faoliyat turlari» (gazeta va jurnallar),
- «Ommaviy aloqalar»,
- «Ommaviy axborot vositalarida reklama»,
- «Televidenie va radioeshittirish»,
- «Noshirlik ishi va muharrirlik» kabi mutaxassisliklar bo’yicha magistratura,
- «Jurnalistika»,
- «Jurnalistika tarixi» mutaxassisliklari bo’yicha aspirantura
- «Jurnalistika» mktaxassisligi bo’yicha doktorantura ochilgan.
2005 yil fakultetda ikki yillik «Oliy jurnalistika kurslari» tashkil qilindi. O’qishni bitirgach ularga magistr darajasi beriladi. Jurnalistika yo’nalishida fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertasiya yoqlash bo’yicha maxsus ilmiy kengash ham faoliyat ko’rsatmoqda.
Fakultet bir qator xorijiy mamlakatlar:
- AQSh,
- Fransiya,
- Germaniya,
- Rossiya,
- Qozog’iston,
- Hindiston jurnalistika ta’limi maskanlari bilan aloqa o’rnatgan.
Fakultet professor o’qituvchilari doimiy ravishda OAV ning dolzarb muammolari bo’yicha ilmiy, ilmiy-amaliy anjumanlarda qatnashadi. Bugungi kunda fakultetning 13 bitiruvchisi «Istedod» jamg’armasi bo’yicha AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya universitetlarida taxsil olib qaytdilar
|
|
Кимё факультети 1930-31 ўқув йилида Туркистон Давлат Университети таркибидаги физика-математика факультетининг кимё бўлими асосида ташкил топган.
Аслида 1921 йилида Туркистон Давлат Университети қошида кимё институти ташкил этилиб, у беш факультетда кимё фанидан сабоқ берувчи барча кимёгар ўқитувчиларни бирлаштирган эди. Ўқитувчилар таркиби Тошкендаги ўқув юртлари ўқитувчиларни хамда бир неча лаборатория кимёгарлари билан тўлдирилганди. Институтнинг вазифаси барча факультетларда кимёни ўқитиш хамда кимё ва кимёвий технологиядан илмий тадқиқотларни амалга оширишдан иборат эди. Барча ўқитувчилар шартли равишда икки бўлим ёки лабораторияга: умумий кимё ва органик кимёга бўлинган эди.
1926 йилга келиб Ўрта Осиё Давлат Университетининг кимё бўлимида юқори малакали кимёгар-мутахассисликлар тайёрлай оладиган ва илмий тадқиқот ишларни амалга ошира оладиган моддий база яратилган эди. Кейинчалик факультетда физик кимё (1927 йил), аналитик кимё (1930 йил), анорганик кимё (1932 йил), коллоид кимё (1937 йил), табиий бирикмалар кимёси (1946 йил), полимерлар кимёси (1979 йил), ва умумий кимё (1982 йил) кафедралари ташкил қилинди. Бу кафедраларда ўқув, методик хамда илмий тадқиқот ишларини шакллантиришда О.С.Содиқов, Х.У.Усмонов, К.С.Ахмедов, Ш.Т.Толипов, И.П.Цукерваник, А.Ш.Шамсиев, А.М.Муртазаев, А.Р.Абдурасулева, Х.А.Аслонов ва бошқа етук олимларининг хизматлари ката бўлди.
Факультетда илмий тадқиқот ишларини ривожлантириш мақсадида табиий бирикмалар кимёси, органик синтез, полимерлар кимёси ва кукунланган полимерлар лабораториялари ташкил этилди ва улар хозирги кунда самарали фаолият кўрсатмоқда. Ҳозирги кунда эса факультетда бажарилаётган, илмий ишлар асосан фундаментал, амалий инновацион, ёшлар гранти. Турли чет ел грантлари ва хўжалик шартномалари асосида бажарилмоқда. Шу кунларда факультетда тахсил олган юқори малакали 12 фан докторлари ва 30 дан ортиқ фан номзодлари самарали меҳнат қилмоқдалар. Факультетга турли вақтларда Ш.Т.Толипов, Х.А.Аслонов, Т.С.Сирлибоев, А.А. Зияев, Т.М.Бобоев ва А.О.Содиқов, Б.У.Сагдуллаевлар рахбарлик қилишган, хозирда эса профессор Акбаров Хамдам Икрмович рахбарлик қилмоқда.
- Mexanika-matematika fakulteti haqida
|
|
|
|
Mexanika-matematika fakulteti O’zbekiston Milliy universitetining to’ng’ich fakultetlaridan bo’lib, Turkiston xalq universityeti tarkibidagi bo’lim sifatida tashkil topgan edi.
1918-1932 yillar mobaynida fizika-matematika bo’limining rahbari vazifasida turli davrda prof. V.I.Romanovskiy, prof S.N.Naumov, prof. A.V.Blagoveshyenskiy, prof.V.G.Muxin, prof.O.K.Langye, dotsent I.A.Teplov ishlagan.
1932-yilda fizika-matematika bo’limi asosida fizika-matematika fakulteti tashkil topdi. Bu fakultet dekani lavozimida dotsent R.R.TSummerman (1933-1934), dotsent A.P.Domoryad (1934-1935), dotsent A.L.Perelnik (1935-1936), prof. V.I.Romanovskiy (1936-1938) prof. A.A.Skvortsov (1938-1954), dotsent M.M.Sultonova (1954-1959) ishlagan.
1959-yilda fizika-matematika fakulteti asosida ikki fakultet: fizika va Mexanika-matematika fakultetlari tashkil topdi. Dotsent M.M.Sultonova Mexanika-matematika fakultetining birinchi dekani bo’ldi. Bu fakultet dekani vazifasini 1961-1965-yillarda dotsent M.A.Sobirov, 1965-1971 yillarda dotsent M.Vohidov bajardi.
1971-yilda Mexanika-matematika fakulteti negizida ikki fakultet – matematika hamda Tadbiqiy matematika va Mexanika fakultetlari tashkil qilindi. Matematika fakulteti dekanligi vazifasiga prof. J.Hojiyev saylandi. Keyinchalik prof.A.S.Sadullayev (1985-1992), prof. A.A’zamov (1992-1993), prof. G.Xudoyberganov (1993-1994) dekan bo’lib ishlagan.
1994-yilda matematika hamda Amaliy matematika va Mexanika fakultetlarining qo’shilishi munosabati bilan fakultet yana Mexanika-matematika fakulteti deb yuritila boshladi. Fakultetda avval prof.G.Xudoyberganov (1994-2001), prof. R.R.Ashurov (2001-2003) dekan bo’lib ishlagan bo’lsa, 2003-yildan fakultetga fizika-matematika fanlari doktori B.A.SHoimqulov rahbarlik qilmoqda.
Mexanika-matematika fakulteti keng qamrovli matematika, mexanika va axborot texnologiyalari sohalari bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Mazkur fakultet bitiruvchilari mamlakatimiz va xorijiy mamlakatlarning oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida, akademik litsey, kasb-hunar kollyejlarida va o’rta maktablarda, turli ilmiy tekshirish institutlarida, hisoblash markazlarida va statistika tashkilotlarida ishlamoqda.
|
|
- O’zbek filologiyasi fakulteti haqida
|
|
|
|
Fakultet 1918-yil 12-may – Milliy universitetga asos solingan kundan boshlab “Adabiyot va falsafa” (1918 – 1920), so‘ngra Sharq fakulteti (1921 – 1942), Tarix va filologiya (1942 – 1956), Filologiya (1956 – 1981- yillarda o‘zbek, rus hamda roman-german filologiyasi hamda jurnalistika bo‘limlarini o‘z ichiga olgan), nihoyat, 1981-yildan O‘zbek filologiyasi fakulteti nomi bilan faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Fakultet talabalariga universitet tashkil etilgan dastlabki yillarda Munavvarqori, Fitrat, Abdulla Avloniy, Abdurahmon Sa’diy kabi olimlar adabiyotshunoslik va tilshunoslikka oid nazariy kurslardan dars berganlar. Ana shu an’ana va tajribalar natijasi o‘laroq G‘ulom Karimov mumtoz adabiyotimiz tarixi, Ayyub G‘ulomov o‘zbek tilshunosligi, O‘zbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinov adabiy tanqid, Begali Qosimov o‘zbek milliy uyg‘onish adabiyotini tadqiq etish bo‘yicha ilmiy maktab yaratganlar. Bu ilmiy maktablar an’analari bugungi kunda ham munosib davom ettirilmoqda.
Fakultetimizda 17 nafar fan doktori, professor va 23 nafar fan nomzodi, dotsentlar, 12 nafar katta o‘qituvchi hamda o‘qituvchilar ilmiy, o‘quv, ta’lim-tarbiya muammolari bilan shug‘ullanishadi. Shulardan ikki nafari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, ikki nafari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, bir nafari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi, bir nafari «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni, ikki nafari “Do‘stlik” va “Mehnat shuhrati”ordenlari sohibidir.
Abdulla Qahhor, Odil Yoqubov, O‘lmas Umarbekov, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Shukur Xolmirzayev, Oydin Hojiyeva, O‘tkir Hoshimov kabi mashhur yozuvchi va shoirlar ijod sirlarini shu yerda o‘rganganlar.
Fakultetda tahsil olganlardan uch nafari O‘zbekiston Qahramonlaridir. Ulardan biri – adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinov ko‘p yillar fakultetda adabiyot sirlaridan saboq bergan. O‘zbekiston xalq shoirlari – Abdulla Oripov va Erkin Vohidov nafaqat fakultet yoki universitetimiz, balki butun O‘zbekiston faxridir. Fan, ta’lim va madaniyat rivojidagi ulkan xizmatlari uchun ularga O‘zbekiston Milliy universiteti faxriy doktori unvoni berilgan.
Fakultetda prof. N.Jabborov rahbarligida “O‘zbek adabiyoti tarixi”, “Jurnalistika”, “Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik” ixtisosliklari bo‘yicha fan doktori ilmiy darajasini beruvchi Ixtisoslashgan kengash faoliyat ko‘rsatmoqda.
Fakultetning xalqaro aloqalari ham e’tirofga loyiq. Xitoy poytaxti Pekindagi Millatlar markaziy universitetida, Janubiy Koreyaning Pusan universitetida, Kiev Milliy universitetida maxsus o‘zbek tili yo’nalishlari ochilgan bo‘lib, fakultet professor-o’qituvchilari mazkur nufuzli oliy ta’lim muassasalari talabalariga ham dars berib kelmoqda.
|
Tarix 1918 yil Turkiston Davlat Universiteti tashkil etilishi bilan uning tarkibida faoliyat yuritgан Tarix-filologiya va sharqshunoslik fakultet, keyinchalik Ijtimoiy fanlar fakulteti (IFF) ning` bo’limi sifatida tashkil etilgan. 1935 yildan boshlab Tarix alohida fakultet sifatida faoliyat yuritiб kelmoqda. Fakultetning ko’p yillik faoliyati davomida tarix bilan birgalikda arxeolog`iya, falsafa, siyosiy iqtisod, psixolog`iya, huquqshunoslik mutaxassisliklari bo’yicha ham kadrlar tayyorlangan.
Bugungi kunda fakultetda “Fakultetlararo O’zbekiston tarixi” – (1993 yilda tashkil etilgan, mudiri t.f.d. prof. R.H.Murtazaeva), fakultet qoshidag`i “O’zbekiston xalqlari tarixi” (1939 yilda tashkil topgan, mudiri – t.f.n., dots. Z.R.Ishonxodjaeva), “Manbashunoslik va maxsus tarix fanlari, mudiri – t.f.n. dots. Z.Saidbobaev), “Jahon tarixi” (1935 yil tashkil topgan, mudiri – t.f.n., dots. Ya.G’afforov), “Arxeologiya” (1940 yil 1 aprelda Arxeologiya kafedrasi tashkil etilgan mudiri – t.f.n., dots Sh.Sh. Bo’riev), “Etnologiya”(1994 yilda Etnografiya kafedrasi tashkil etilgan mudiri – t.f.n., dots. T.O’.Salimov), Sanatshunoslik va xalqaro madaniy aloqalar kafedrasi (prof. Abdirahimov A) kabi kafedralar faoliyat yuritadi.
Fakultet kontingentida jami 822 nafar talaba mavjud bo’lib, ulardan 667 nafari bakalavriat ta`lim bosqichi, 155 nafari esa magistratura ta`lim bosqichlarining kunduzgi shakli bo’yicha tahsil oladi.
O’quv jarayoni an`anaviy va zamonaviy usullarda ilg’or pedagogik tehnologiyalar asosida ma`ruza, seminar va amaliy mashg’u`lot shakllarida amalga oshiriladi. Yuqori malakali professor-o’qituvchilar ma`ruza mashg’ulotlarini olib boradi, yosh iqtidorli mutaxassis kadrlar esa seminar va amaliy mashg’ulotlarda ularga yordam beradilar. O’quv mashg’ulotlaridan tashqari paytlarda talabalarga jahonga mashxur bo’lgan fakultetimizninг fidoyi mutaxassislari: akademik A.R.Muxammadjonov, Yu.F.Buryakov, professor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi va Beruniy mukofoti lauriyati I.M.Jabborov, prof. R.H. So`leymanov rahbarliklarida kafedralarda tashkil etilgan “Iqtidorli talabalar”, “Talabalar to’garagi”, “Master klass”lar doirasida turli o’quv-ilmiy mashg’ulotlar tashkil etilgan. Fakultet faoliyati davomida I.Dodonov, D.Lobashev, A.Hamraev, O.Toshmuhammedov, G`.A. Hidoyatov, A.S. Sagdullaev, H.G’ulomov, Z.O`. Choriev, A.S. Tatibaevlar tomonidan boshqarilgan. hozirgi paytda M.M. Haydarov rahbarlik qiladi.
|
- Xorijiy filologiya fakulteti
|
|
|
|
Xorijiy filologiya fakulteti 2004 yili roman – german filologiyasi va rus filologiyasi fakultetlarining birlashishi natijasida tashkil topgan. Har ikki fakultet filologiya fakultetidan ajralib chiqqan edi. Jumladan, roman-german filologiyasi fakulteti 1963 yilda tashkil etilgan bo’lsa, rus filologiyasi fakultetiga 1980 yili asos solingan. Roman-german filologiyasi fakultetining tashkil topishida akademiklar V.M.Jirmunskiy va V.F.Shishmarevning xizmatlari katta. Ularning tashabbusi bilan 1943 yili universitetning filologiya fakulteti tarkibida roman-german filologiyasi kafedrasi ochilgan.
Roman-german filologiyasi hozirda esa xorijiy filologiya fakultetiga turli yillarda dotsentlar E.F.Vaganov (1963-1981), Z.B.Sattarova (1981-1985), J.A.Bobojonova (1985-1992), professor A.A.Abuduazizov (1992-2007), professor A.M.Mamatov (2007-2008) rahbarlik qildilar va 2008 yildan dots. Sh.S.Imyaminova rahbarlik qilmoqda.
Fakultet professor-o’qituvchilari talabalarni chet tillariga o’rgatishda texnik vositalardan keng foydalanadilar. Fakultetda maxsus kompyuter va lingafon xonalari mavjud. Har bir chet tiliga doir video va audiokassetalar, kinofilmlar va boshqa o’quv materillari mavjud.
Bakalavrlarning malakaviy bitiruv ishlari va magistrlarning dissertatsiyalariga tajribali professor va dotsentlar rahbarlik qiladilar.
Fakultetning tarixiy an’anasi – xorijiy tillarni o’rganishni chet el adabiyotini o’rganish bilan birga olib borishdan iborat.
Fakultet kutubxonasida o’quv jarayoni uchun zarur bo’lgan o’zbek, rus, ingliz, nemis, fransuz tillarida darsliklar, ilmiy risolalar hamda jurnal va gazetalar mavjud bo’lib, ular professor-o’qituvchilar va talabalar ixtiyoridadir. Bundan tashqari, fakultet kutubxonasida barcha nazariy kurslar uchun zarur bo’lgan ma’ruza matnlari jamlangan.
Grant yoki shartnoma asosida o’qishga qabul qilingan talabalar kutubxonaga a’zo bo’lish va zarur darslik, o’quv qo’llanmalar, ma’ruza matnlari va boshqa materiallardan foydalanish xuquqiga egadirlar. Kutubxona va kafedralarda xorijda nashr etilgan kitoblar, darsliklar va o’quv materiallari to’plangan.
Mutaxassislikka doir ba’zi mashg’ulotlarini xorijiy o’qituvchilar olib boradilar. Yuqori kurs talabalari turli chet el grantlari orqali tili o’rganaliyotgan mamlakatlarda bilim olmoqdalar. Fakultet professor-o’qituvchilaridan ko’pchiligi «SOROS» fondi, «Kembridj» universeteti, Gyote instituti va boshqa chet el tashkilotlarida o’z malakasini oshirganlar.
Hozir fakultet tarkibida ingliz tili fonetikasi va grammatikasi, ingliz tilshunosligi va tarjima nazariyasi, nemis filologiyasi, fransuz filologiyasi, rus tilshunosligi, rus va chet el adabiyotshunosligi, rus tili, tabiiy va ijtimoiy – gumanitar yo’nalishlar bo’yicha chet tillar kafedralari mavjud.
Bugungi kunda fakultetda 4ta fan doktori, 50ta fan nomzodi 100ta katta o’qituvchi va o’qituvchi mehnat qilmoqda. O’tgan davr ichida fakultet vatanimiz xalq xo’jaligi va xalqaro tashkilotlar uchun 10 mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassislar tayyorlab berdi. Fakultetni bitirgan talabalar O’zbekiston Respublikasining BMTdagi vakolatxonasida, vatanimizning qator davlatlardagi elchixonalarida, Angliya, Fransiya, BAA, Xindiston, Iroq, Jazoir, Gvineya Respublikasi, Madagaskar va boshqa davlatlarda xizmat qilganlar va xizmat qilmoqdalar. Ingliz, nemis va fransuz filologiyasi hamda rus tilshunosligi kafedralari tillarni amaliy o’rganish, ularda so’zlashuvchi mamlakatlar tarixi, shu tillarning nazariy fonetikasi va grammatikasi, leksikologiyasi, stilistikasi, tarixi, roman-german filologiyasiga kirish, maxsus kurslar bo’yicha ma’ruzalar va amaliy mashg’ulotlar olib borishni ta’minlaydi.
Ingliz tilshunosligi va tarjima nazariyasi kafedrasida tarjima nazariyasi va amaliyoti, tilshunoslikka kirish, umumiy tilshunoslik, qiyosiy tipologiya kurslari bo’yicha ma’ruzalar va amaliy hamda maxsus kurslar bo’yicha mashg’ulotlar o’tkaziladi.
Rus adabiyotshunosligi kafedrasi adabiyotshunoslikka kirish, adabiyot nazariyasi, rus adabiyoti va rus og’zaki ijodi, hozirgi rus adabiyoti bo’yicha nazariy va amaliy mashg’ulotlar olib borishni ta’minlaydi.
|
|
|